
Aleksandr Xomyakov: "Bugungi o‘yin tugamasa kerak, deb o‘ylagandim"
Bugun “Andijon” hamda “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlanganidan xabardorsiz. Uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- O‘yin to‘g‘risida nima deya olasiz?
- O‘ylaymanki, etarlicha qiziqarli o‘yin bo‘ldi. G‘alabani xohlaganmidik yoki yo‘q, ayni damda bu haqida fikr bildirishim qiyin. Ammo, baribir g‘alabani ko‘proq istagandim. Biz mana shunday asabiy futbol bo‘lishini oldindan bilib, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Uzoqdan pas uzatish orqali o‘yin tashkil qilindi va biz bunga etarlicha tayyorlangandik. Birinchi taymda ikkita qulay vaziyatni yaratdik. Bir-ikki marta qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildik, deb o‘ylayman. Jangovar durang bo‘ldi va menimcha bundan hamma xursand, deya hisoblayman.
- Natijadan qoniqdingizmi?
- “Andijon”dek jamoa bilan shuningdek, men uchun qadrdon shahar va muxlislar qarshisida durang o‘ynash yaxshi natija, deb o‘ylayman. Men uchun yoqimli.
- Yangilangan “Andijon” haqida fikrlaringiz qanday?
- Ko‘rinib turibdiki, yangi rahbariyat o‘zgartirishlar kiritishga harakat qilmoqda. Iqtidorli yoshlarning jamoaga qo‘shilgani bilinib turibdi. Bu jamoa uchun quvonarli holat. Shunday ajoyib muxlislari bor shahar uchun albatta kuchli va ishqibozlarni xursand qiladigan jamoa kerak.
- VAR haqida nima deysiz?
- Fikrim ijobiy. Bugungi o‘yin tugamasa kerak deb o‘ylagandim (kuladi). Lekin barchasi qoyilmaqom darajada. Bahsli vaziyatlarni hal qilish o‘ylaymanki, ijobiy yakunlanmoqda.
Fikrlar