
Aleksandr Xomyakov: "Biz etarlicha vaziyatlar yaratdik"
“Andijon” – “Dinamo” (0:0) o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin "Burgutlar" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fiklari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ochiq o‘yin bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli to‘qnashuv. Har ikkala jamoada vaziyatlar bo‘ldi. So‘nggi nazorat o‘yinida hamma futbolchilar maksimum hissasini qo‘shishdi. Umumiy olganda, o‘yindan qoniqdim. Biz bugun etarlicha vaziyatlar yaratdik, faqat ularni amalga oshirishda... Ishlashdav davom etamiz va shu tariqa, chempionatning birinchi o‘yiniga tayyorlanyapmiz”.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar