
Aleksandr Volkov Xabib Nurmagomedov va Dastin Pore jangini qanchaga sharhlagan edi?
UFCning og‘ir vazn toifasidagi jangchisi Aleksandr Volkov Xabib Nurmagomedov va Dastin Pore jangini birinchi kanalda sharhlab borgan edi. Aynan ushbu sharh jarayonidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
" Xabib bilan juda yaxshi munosabatdaman. Shaxsan u bilan bir necha bor uchrashganman va u menda ziyoli inson sifatida taassurot qoldirgan. Uning otasi Abdulmanap Nurmagomedov bilan ham juda yaxshi aloqadaman. Albatta, o‘sha jangda Xabibga muxlislik qildim.
Shunday bo‘lsada, Pore va Konor ham yaxshi saviyadagi jangchilar. Ularni ham munosib baholash kerak.
Sharh narxi? Shunchaki bepul ",- dedi Volkov.
Fikrlar