Aleksandr Usikning jamoasi Jozef Parkerga qarshi jangni kechiktirmoqchi

  • 20 avgust, 13:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik(24-0, 15 KO)ning jamoasi yangi zelandiyalik Jozef Parker (36-3, 24 KO) bilan jangni boshqa muddatga ko‘chirishni so‘radi.

Tecno

“Aleksandr va butun jamoamiz barcha potentsial raqiblarni ham, amaldagi qoidalarni ham hurmat qilishini isbotladi. Oxirgi bir yarim yil ichida Usik og‘ir vazn toifasida ikki marta mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritib, tarixiy natija qayd etdi. Bu juda katta jismoniy va ruhiy bosim yuklashi aniq. Ana endi chempion o‘z tanasini tiklab olish uchun ozgina tanaffus qilishi zarur. Shu bois Parkerga qarshi bahsni biroz muddatga cho‘zishni so‘raymiz", - deya jamoa direktori Sergey Lapinning so‘zlarini keltirdi "Ready to Fight" promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Usik oxirgi jangida Daniel Dyubuani 5-raundda nokautga uchratgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!