
Aleksandr Usik va Entoni Joshua o‘rtasidagi revansh jangi qaerda o‘tkazilishi mumkin? Eddi Xirn javob berdi
Britaniyalik promouter Eddi Xirn WBA, IBF, WBO va IBO yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik (19-0, 13 KO) va britaniyalik Entoni Joshua (24-2, 22 KO) o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan revansh haqida gapirdi.
"Revansh jangini ochiq havoda, aprel oyida qilgan bo‘lardim. Biz buni avval ham amalga oshirganmiz. Men Buyuk Britaniyada jang o‘tkazmoqchiman, lekin ishonamanki, Usik jamoasi uning Kievda o‘tkazilishini xohlaydi.
Rostini aytsam, Kievga borishda muammo yo‘q. Biz hamma narsani tahlil qilib, bu holatda qanday daromad olishimiz mumkinligini ko‘rishimiz kerak. Albatta, bizning birinchi tanlovimiz - Buyuk Britaniya.
Shuningdek, Yaqin Sharqdan ham revansh jangini o‘tkazish uchun takliflar bor”, - dedi Xirn.
Ma’lumot uchun, Usik 26 sentyabr kuni Entoni Joshuani dastlabki jangda mag‘lub etgandi.
Fikrlar