Aleksandr Stojmirovich: “Biroz boshqacha ishlansa, futbolchilaringiz uchun Evropaga yo‘l ochiladi!” “Navbahor” murabbiylar shtabidagi mutaxassis nega Namanganni tark etganini oshkor qildi (katta intervyu)

  • 21 noyabr, 2022, 22:07
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ortda qolgan mavsumda “Navbahor” murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan Aleksandr Stojmirovich kutilmaganda jamoadan ketdi. Buning sababini aniqlashtirish maqsadida “lochinlar"ning jismoniy tayyorgarlikka javob bergan mutaxassisiga aloqaga chiqdik.

Tecno

Barchasi yaxshi yakunlangan bir paytda, kutilmagan iste’foning sababi nima?

-  Ketishimni birinchi asosiy sababi boshqacha ishlab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Mendan qolishimni so‘rashdi, ammo o‘zim ketishga qaror qildim. Ochig‘i, rahbariyatga fikrimni aytdim va hech kim bilan gaplashganim yo‘q. Hozir, vaziyatdan foydalanib Namangan hokimiga o‘z minatdorchiligimni bildiraman. Yil davomida barcha va’da qilingan pullar to‘lab berildi. Bu mavsumni hech qachon unutmayman.

Mish-mishlarga qaraganda, Samvel Babayan sababli jamoani tark etgan ekansiz?

-  Yo‘q, unday emas. Agar shunday bo‘lganda ham, men bu gapni omma oldida aytmagan bo‘lar edim. Aksincha, undan ko‘p narsalarni o‘rgandim. Hayotdagi har qanday maktab sizga yangi narsani o‘rgatadi. Bu haqiqatdan yiroq. “Navbahor”dan ketishimga sabab bu emas. Men o‘z vazifamni boshqachasiga bajarishga o‘rganganman. Balki, erkin ishlay olmaganim uchun ham ketishga qaror qilgandirman. Faqat shuni ayta olaman, xolos.

gk43ogk4o3gk

Aytingchi, “Navbahor”ga chempionlik poygasida nima etishmadi?

-  To‘g‘risi, bu savolga javob berish uchun butun boshli diplom ishi yozmoqchiman. Chuqurlashmoqchi emasman. Shunchaki, yangi jamoa va futbolchilar bir-birini yaxshi bilmaydi. Namanganda to‘p surish juda qiyin. Ishqibozlar juda talabchan, ammo ular bunga yarashadi. Yigitilar tinimsiz g‘alaba talab qiladigan auditoriya uchun har kuni “jang"ga shay bo‘lishi kerak. Bu ruhiy tomondan katta bosim yuklashi aniq. Qaerdadir omad, ayrim epizodlarda sovuqqonlik etishmadi. O‘zimizdan kuchsiz jamoalar bilan o‘yinlarda ochko yo‘qotdik. Aynan shu omillar yakunda oltin medaldan mahrum qildi. Bu shunchaki mening fikrim.

“Navbahor” futbolchilari mavsum davomida jismonan ancha toliqib qolganiga guvoh bo‘ldik. Ayniqsa, mavsum oxiriga kelib, ularning aksariyati og‘riq qoldiruvchi vositalardan foydalandi.

-  Yuklamalar borasida tushuncha beray. Futbolni yaxshi bilmaydigan insonlar jismoniy tayyorgarlikka javob beruvchi murabbiylar aynan shu omilga javob berishi kerak deb hisoblaydi. Bu noto‘g‘ri tushuncha. Meni vazifam birinchi navbatda jamoamizdagi yigitlarning mehnatga layoqatini oshirishdan iborat. Ular umuman olganda bosh murabbiyga bo‘ysunadi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ham Samvel Babayan so‘nggi so‘zni aytadi. Shunday ekan, bu boradagi savollarga men javob bera olmayman. Jamoa qanday mashg‘ulot o‘tkazsa, shunday to‘p suradi.

Sizni bir necha bor bosh murabbiy bilan zaxiradan futbolchilarni o‘yinga tushirish borasida bahslashib qolganingizni stadionda ko‘rganman. Buning sababi nima?

-  Bilasizmi, har doim ham ikkita insonni fikri bir joydan chiqavermaydi. Men o‘ylaganimni qo‘rqmay aytishga o‘rgangan insonman. Ishimiz oson emas. Menda e’tirozlar bo‘lishi mumkin, ammo bu normal holat. U yoki men bir-birimizni xato qilyapti deb o‘ylagan paytlarimiz ko‘p bo‘ldi. E’tiborlisi, Samvel bir necha bor topqirligi bilan vaziyatni o‘zi tomonga burib yubora oldi. Ayniqsa, Marushich borasida ko‘p tortishib qolar edik. Uni asosiyda, yoki ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shish borasidagi bahslarimiz uzoq davom etgan, lekin har safar uning qarorlari yakunda o‘zini yuz foiz oqladi. Qarashlar turli-tuman bo‘lishi mumkin. Hammasini vaqt ko‘rsatadi.

g43kgo34kgo

Kelajakdagi rejalar qanday?

-  Menda takliflar bor. Deyarli bir yil davomida oilamdan uzoqda bo‘ldim. Ruhiy bosim bo‘lishiga qaramay, yaxshi mavsum o‘tkazdik. Hozir dam olmoqchiman. Agentimga yangi shartnoma borasida takliflar kelib tushmoqda. Endi boshqacha metodika asosida ishlab ko‘rmoqchiman. Yana ortga qaytish rejamda bor. O‘zbekistonga futbolda ayrim narsalarni o‘zgartirish vaqti kelganini ko‘rsatmoqchiman. Yurtingizda iqtidorli, yosh futbolchilar juda ko‘p. Ayrim narsalarni o‘zgartirsak, ular uchun Evropa eshiklari ochilishi aniq.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Murodjon7171
23/11/2022 07:26
Zo'r murabbiy qolganida yaxshi bo'lardi. Futbolchilar bilan aka-ukadek edi