
Aleksandr Bublik ham g‘alaba qozondi
Frantsiyaning Marsel shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "Open 13" turnirining asosiy to‘r bahslariga start berildi.
Unda qozog‘istonlik tennischi Aleksandr Bublik va vengriyalik Marton Fuchovich o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur o‘yinda Sasha raqibini 6:4, 7:5 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa Bublik musobaqaning ikkinchi davrasida mezbonlar vakili frantsiyalik Benua Perga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar