
Aleksandr Pantoja juda kuchli raqibga qarshi jang qilishi mumkin
UFC ning super engil vazn toifasida amaldagi chempioni Aleksandr Pantoja kamarning navbatdagi himoyasi haqida gapirdi.
"Men Mayamidagi turnirda ishtirok etmoqchi edim, chunki bu er - mening shahrim, shu erda yashayman. Hozir ko‘pchilik "UFC 314" da Kay Kara-Francga qarshi jang qilishimni yozmoqda. Biroq bu haqda promoushen menga og‘iz ochmadi. Agar o‘zimga qolsa, o‘ta engil vazn chempioni Merab Dvalishviliga qarshi oktagonga chiqqan bo‘lardim” - dedi braziliyalik Allie Douson bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Pantoja oxirgi jangida yaponiyalik Kay Atsakurani 2-raundayoq mag‘lub etgandi.
Fikrlar