Alba: "Messini "Kamp Nou"da qadrlashlari kerak"
"Barselona"ning sobiq himoyachisi va "Inter Mayami"da Lionel Messining jamoadoshi Jordi Alba argentinalik futbolchini "blaugranaliklar" stadionida qadrlashlari kerak deb hisoblaydi.
"U o‘zini hurmat bilan munosib e’tiborga sazovor bo‘lishini istaydi va men umid qilamanki, bu amalga oshadi. U bunga munosib, bu esa ajoyib bayram bo‘ladi.
Hamma bu lahzani kutyapti. U tarixdagi eng yaxshi futbolchi va "Kamp Nou" uning energiyasini yana his qilishga haqli", – deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik futbolchi.
Ma’lumot o‘rnida, yaqinda Messi "Kamp Nou" stadioniga tashrif buyurgan edi.



Fikrlar