
"Al-Ta’vun"ning niderlandiyalik murabbiyi "Paxtakor"ni maqtadi
Xabaringiz bor, "Paxtakor" bugun Osiyo chempionlar ligasi gurux bosqichi 2-turida "Al-Ta’vun"ga qarshi maydonga tushadi. Saudiyaliklar bosh murabbiyi Van den Brom o‘yin oldidan quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
– Biz “Al-Duhail”ga qarshi birinchi o‘yinda, ayniqsa ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynay oldik va raqibning xatolaridan kerakli tarzda foydalandik. Bu esa o‘zimiz xohlagan natijaga erishishimizga yordam berdi.
OChLda katta tajribaga ega “Paxtakor”ga qarshi o‘yinga barcha futbolchilar jismonan va ruhiy jihatdan tayyor. O‘ylaymanki, birinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalar ham, raqib osonlikcha taslim bo‘lmaydi.
"Al-Duhail yuqori bosim bilan o‘ynadi. Shuning uchun biz oldingi chiziqda hujumchimiz Tavambaning tezligidan unumli foydalandik va u ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu sababli, u "Paxtakor" va boshqa o‘yinlarda ham biz uchun asosiy qurol bo‘ladi.
Fikrlar