
"Al-Nassr"ga o‘tishi kutilgan yulduz APLda qoladigan bo‘ldi
"Chelsi" o‘z etakchilaridan birini tarkibda olib qolishga harakat qiladi.
Gap frantsiyalik yarim himoyachi N'Golo Kante haqida ketmoqda. "Aristokratlar" u jarohatidan tiklanganidan keyin jamoaga foydasi tegadi deya umid qilyapti. Futbolchining o‘zi ham APLni tark etishni istamaydi.
Londonliklar Kante bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Tomonlar o‘rtasidagi hozirgi bitim 2023 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Avvalroq, "Al-Nassr" Ronaldu ortidan N'Goloni ham Ar-Riyodga olib kelishi haqida xabarlar tarqalgandi.
31 yoshli yarim himoyachi "Chelsi" sharafini 2016 yildan beri himoya qilib keladi. Joriy mavsum startida u jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi.
Fikrlar