
"Al-Nassr" bosh murabbiyi Masharipov borasida muhim qaror qabul qildi
Xabaringiz bor, "Al-Nassr" safida harakat qilayotgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov so‘nggi o‘yinlarda asosan zaxiradan qo‘shilmoqda.
Mahalliy nashrlarning xabariga ko‘ra, riyodliklar bosh murabbiyi Migel Rosso Masharipovni asosiy tarkibga qaytaradi.
"Al-Nassr" navbatdagi o‘yinni 11 mart kuni "Al-Ittifoq"ga qarshi o‘tkazadi. Jaloliddin joriy mavsum 19ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta golga asistentlik qilgan.
Fikrlar