
"Al Ittihod" charter reys orqali Toshkentga etib keldi
Bugun mehmonlar Jiddadan charter reys orqali Toshkentga etib kelishdi. Saudiyaliklar "Boeing 737-505" rusumidagi avialaynerda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘nishdi. Qayd etish joiz, ushbu samolyotdagi barcha narsa biznes klass turkumidagi jihozlar bilan ta’minlangan.
Ma’lumot uchun, "Lokomotiv" - "Al Ittihod" o‘yini 22 aprel kuni 18:00 da boshlanadi.
Fikrlar