
"Al-Hilol" PSJ yarim himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin
"Al-Hilol" tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Klub yaqindagina "Zenit"dan Malkomni 60 million evro evaziga sotib olganini ma’lum qildi. Klubning keyingi maqsadi PSJdan Marko Verrattini olishdir.
Frantsiyaning bir qancha nashrlari PSJ bilan Kilian Mbappe uchun bo‘lgan muzokaralar jarayonida tomonlar italiyalik yarim himoyachining transferi haqida ham gaplashgan va kelishuvga erishishi mumkin.
Ma’lumot uchun, "Al-Hilol" shu paytgacha Ruben Nevesh, Sergey Milinkovich-Savich va Kalidu Kulibalilarni sotib oldi.
Fikrlar