
Akbar Jo‘raev avtomobil bilan taqdirlandi! (FOTO)
Xabaringiz bor, joriy yilning sentyabr oyida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida hamyurtimiz Akbar Jo‘raev dast ko‘tarish va ikki kurash yakunlariga ko‘ra 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, dunyoda tengsiz ekanini yana bir bor isbotlagan edi.
Yurt sha’nini munosib himoya qilib, jahon arenasida bayrog‘imiz yuqori ko‘tarilib, madhiyamiz yangrashiga sabab bo‘lgan polvonimiz O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan munosib taqdirlandi va Chevrolet Gentra avtomobili bilan taqdirlandi. Mukofotni topshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari – mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov ishtirok etdi.
O‘z navbatida, iqtidorli sportchimiz bunday mukofotdan mamnun ekanini bildirib, kelajakda ham dunyoning eng nufuzli musobaqalarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishga va’da berdi.
Fikrlar