Ajoyib natija! "Milan" A Seriyada ikki oydan beri yutqazmayapti

  • 12 fevral, 2024, 12:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda "Milan" A Seriya doirasida "Napoli" bilan kuch sinashdi va kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golga Teo Ernandes mualliflik qildi, unga Rafael Leau super uzatma bergani ham e’tiborga molik. 

Tecno

Shu tariqa, Stefano Pioli shogirdlari chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 9 taga etkazib oldi. Klub oxirgi bor 9 dekabr kuni "Atalanta"ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Shundan so‘ng "rossonerilar" 7 g‘alaba va 2 durang natija qayd etdi. Keyingi turda "Milan" "Montsa" maydoniga safar uyushtiradi. Bahs 18 fevral sanasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!