
Aguero: "Anri va Lempard bilan bir qatorda turishdan baxtiyorman "
"Manchester Siti" forvardi Serxio Aguero kecha APL legionerlarining eng yaxshi to‘purariga aylanganidan so‘ng jamoa a’zolari va muhlislariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
"G‘alabadan va erishilgan yangi yutuqdan -Terri Anri va Frenk Lempard singari afsonalar bilan bir qatorda turishdan baxtiyorman. Ushbu natijaga erishishda ko‘maklashgan barchaga, jamoadoshlarimga, "Manchester Siti" va muhlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Bu rekordimni o‘g‘lim Benjaminga bag‘ishlayman", - deya aytib o‘tdi Aguero.
"Astoni Villa"ga qarshi o‘yindagi xet-trikdan so‘ng Aguero APLdagi gollari sonini 177 taga etkazib oldi va chempionat legionerlari to‘purariga aylandi.
Fikrlar