AGMK yubiley g‘alabasiga erishdi, endi yana bir yubiley o‘yin arafasida turibdi

  • 25 may, 2022, 07:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK jamoasi O‘zbekiston milliy chempionati Oliy divizionidagi 399-o‘yinida yubiley 150-g‘alabasini tantana qildi.

Tecno

Ushbu yubiley g‘alaba o‘tgan turda Samarqandda kechgan "Dinamo"ga qarshi bahsda qo‘lga kiritildi. O‘zbekiston milliy chempionati Oliy divizionida AGMK 150 g‘alabaga erishgan 17-jamoaga aylandi.

O‘zbekiston milliy chempionati Oliy divizionida AGMKdan ko‘proq g‘alabaga erishgan jamoalar soni 16 tani tashkil qiladi: "Paxtakor" (608), "Neftchi" (475), "Navbahor" (410), "Nasaf" (403), "Buxoro" (318), "So‘g‘diyona" (271), "Bunyodkor" (271), "Lokomotiv" (242), "Dinamo" (242), "Andijon" (239), "Metallurg" (234), "Qizilqum" (227), "Mash’al" (214), "Traktor" (178), "Qo‘qon-1912" (176) va "Do‘stlik" (169).

ag

Shuningdek, AGMK yana bir yubiley ostonasida turibdi. Navbatdagi "Neftchi"ga qarshi kechadigan o‘yin AGMK jamoasining oliy diviziondagi yubiley 400-uchrashuviga aylanadi.

AGMK O‘zbekiston milliy chempionati Oliy divizionida 400 lik dovonni zabt etadigan 17-jamoaga aylanish arafasida.

AGMKdan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan jamoalar: "Paxtakor" (889), "Navbahor" (889), "Buxoro" (826), "Neftchi" (812), "So‘g‘diyona" (780), "Andijon" (766), "Nasaf" (736), "Dinamo" (716), "Metallurg" (703), "Qizilqum" (644), "Mash’al" (540), "Lokomotiv" (486), "Traktor" (490), "Qo‘qon-1912" (490), "Surxon" (461) va "Bunyodkor" (430).

AGMK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!