
AGMK legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Tojikistonning "Istiqlol" klubi etakchisi Alisher Jalilov faoliyatini AGMKda davom ettiradi. Bu haqda tojikistonliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, Tojikiston terma jamoa a’zosi "konchilar" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyatini Qozonning “Rubin” klubida boshlagan Alisher Jalilov ma’lum vaqt “Nefteximik” va “Baltika” jamoalari ham o‘ynagan. 2019 yildan e’tiboran esa Tojikistonga qaytgan va ketma-ket 3 mavsum “Istiqlol” jamoasi bilan mamlakat chempioniga aylangan.
Alisher Jalilov futbolchilik faoliyatini Rossiyada boshlagan va Rossiyaning turli yoshdagi terma jamoalarida ham faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik esa Jalilov Tojikiston milliy terma jamoasida o‘ynashni ma’qul topgan va futbolchi 2019 yildan e’tiboran Tojikiston milliy jamoasi a’zosi sanaladi.
Fikrlar