
Agar VAR bo‘lmaganida, "Real" nechanchi o‘rinda borayotgan bo‘lardi?
Madridda chop etiladigan AS nashri agar videoassistent referi (VAR) tizimi bo‘lmaganida, hozir La Ligada qaysi jamoa peshqadam bo‘lishi mumkinligini hisoblab chiqdi.
Agar Ispaniya chempionatida VAR bo‘lmaganida 30 turdan so‘ng ham "Atletiko" 67 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lar edi. Ammo "Real" 64 ochko bilan 3-o‘rinda bo‘lardi. Gap shundaki, “qirollik klubi” 3-turda "Betis"ni (3:2) VAR yordamida belgilangan penalti evaziga mag‘lubiyatga uchratgan va 3 ochkoga ega bo‘lgan edi.
Hozir ham "Atletiko" chempionatda peshqadamlik qilmoqda. Biroq "Real" 66 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Hisobida 65 ochko bo‘lgan "Barselona" esa kuchli uchlikdan joy olgan.
“Real” chempionatning navbatdagi uchrashuvini 18 aprel kuni safarda “Xetafe”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar