
Agar "Manchester Yunayted" Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritsa, Ronaldu medal oladimi?
Bugun Angliyada "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" o‘rtasidagi Liga kubogi finali bo‘lib o‘tadi. Agarda o‘yinda "qizil iblislar" muvaffaqiyat qozonsa, Krishtianu Ronaldu medal oladimi? Portugaliyalik hujumchi noyabr oyida klubni tark etib, shartnomasini bekor qilgandi.
"Goal" nashri xabariga ko‘ra, Ronaldu medalga da’vo qila olmaydi, chunki u ushbu Liga kubogida o‘ynamagan. Portugaliyalik futbolchi sog‘lig‘idagi muammolar tufayli noyabr oyida "Aston Villa"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan.
Krishtianu "Manchester Yunayted"ni janjal bilan tark etgan edi. Shartnoma bekor qilinishidan biroz oldin portugaliyalik intervyu berib, klub va uning ayrim vakillarini tanqid qilgandi.
Fikrlar