Afsus! Nodirbek Abdusattorov jahon kubogini erta yakunladi

  • 4 avgust, 2023, 08:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Kecha o‘tkaziladigan 2-turning 2-partiya bellashuvlarida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov Turkiya vakili Vahob Sanalga qarshi dona surib qora donalarda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ular o‘rtasidagi birinchi partiyada durang qayd etilgan edi. Shunday qilib, Abdusattorov musobaqadagi ishtirokini erta yakunlaydigan bo‘ldi. 

Shuningdek, Javohir Sindarov avstriyalik Markus Ragger bilan, Nodirbek Yakubboev vengriyalik Benjamin Gredura bilan ikkinchi partiyada ham durang qayd etdi. Ular bugun tay-brekda kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Гайрат Гадаев
04/08/2023 16:38
Косимжоновни, Нодирбекни чемпион булганига тугриси ишонмай колдим.