
Afrika qit’asining so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzildi
Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) so‘nggi 10 yillikning eng yaxshi afrikalik futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, tarkib quyidagicha ko‘rinish olgan:
Darvozabon: Vinsent Enema (Nigeriya).
Himoyachilar: Axmad Fatxi (Misr), Mexdi Benatiya (Marokash), Kalidu Kulibali (Senegal), Erik Bayi (Kot-d’Ivuar).
Yarim himoyachilar: Yaya Ture (Kot-d’Ivuar), Andre Ayyu (Gana), Riyad Maxrez (Jazoir).
Hujumchilar: Sado Mane (Senegal), Per-Emerik Obameyang (Gabon), Muhammad Saloh (Misr).
Fikrlar