
A Seriya."Yuventus" "Latsio"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Italiya A Seriyasi 15-turi doirasidagi "Yuventus" - "Latsio" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda "keksa sinora" 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi gollar Moyze Kin (dubl" va Arkaduish Milik nomiga yozildi. Qo‘lga kiritilgan 3 ochkodan keyin turinliklar 31 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, rimliklar 30 ochko bilan 4-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar