
A Seriya. "Yuventus" yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
"Yuventus" A Seriyaning 23-turida "Empoli"ni 4:1 hisobi bilan mag‘lub etdi.
4-daqiqada Mattia De Shilo o‘zining sobiq jamoasi "Yuventus" darvozasiga gol urdi. 61-daqiqada hisobni ochgan Randal Kolo-Muani 64-daqiqada dubl qayd etdi.
90-daqiqadagi Dushan Vlaxovich va 92-daqiqada esa Fransishku Konseysauning gollari turinliklarga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, Tiago Motta jamoasi 4 ta o‘yindagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar