A Seriya. "Napoli"ning mag‘lub etgan "Inter" 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Italiya A Seriyasining 37-turida “Inter” o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qildi.
Milandagi bahsda Danilo D'Ambrozio (11') va Lautaro Martinesning (74') kiritgan gollari “neradzurrilar”ga 2:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Shu kuni, “Parma” maydoniga safar qilgan “Atalanta” esa 1:2 hisobida ustun keldi.
Ushbu o‘yinlardan so‘ng hisobidagi ochkolar sonini 79 taga etkazib olgan “Inter” 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Atalanta” esa 78 ochko bilan kuchli uchlikda bormoqda.



Fikrlar