
A Seriya. "Milan" markaziy uchrashuvda "Latsio"ni mag‘lub etdi
Italiya A Seriyasining 7-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Latsio" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Milanliklar safida gollar Pulishich va Okafor nomiga qayd etildi. Mehmonlar bugun maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi.
Shu tariqa, "Milan" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 18 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. "Latsio" 7 ochko to‘plagan holda 14-o‘rinni band etgan.
Fikrlar