
"Yuventus" Ikardining transferi borasida muzokaralarni boshladi
Turinning "Yuventus" klubi "Inter" forvardi Mauro Ikardining transferi borasida muzokaralarni boshlab yubordi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra "keksa sinora" prezidenti Andrea Anelli “neradzurrilar” vitse-prezidenti Xaver Zanetti bilan uchrashgan. Tomonlar 25 yoshli argentinalik to‘purarning "Alyants Stadium"ga ko‘chib o‘tish masalasini muhokama qilishgan. Biroq, ularning suhbati nima bilan yakun topgani hozircha ma’lum qilinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ikardi “Inter” bilan shartnomani uzaytirishni istamayotgani va shu bois milanliklar uni sotib yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar