Yoxannes Byo poygada ham, shaxsiy hisobda ham, birinchi

CHERY AUTO

Sloveniyaning Poklyuka shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining birinchi bosqichi yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi kunida erkaklar o‘rtasida ta’qib poygalari o‘tkazildi.

Tecno

12,5 kilometr masofaga o‘tgan poygada norvegiyalik Yoxannes Byo marraga 30 daqiqa 20.4 soniyada birinchi bo‘lib etib keldi.

Shuningdek, frantsiyalik Kenten Fiyon Maye bahsni ikkinchi bo‘lib yakunlagan bo‘lsa, rossiyalik Aleksandr Loginov uchinchi bo‘lib poygani tugantdi.

Jahon kubogining birinchi bosqichidan so‘ng umumhisobda Y.Byo 156 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Endi musobaqaning ikkinchi bosqichi 13 dekabr kuni Avstriyaning Xoxfiltsen shahrida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!