
Yasmina Karimjonova juftlik baxslarida chorak finalga chiqdi
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida "KAZZINC Open – 2018" turniri o‘tkazilmoqda.
Ushbu musobaqaning qizlar o‘rtasidagi juftlik bahslarida hamyurtimiz Yasmina Karimjonova rossiyalik Anastasiya Luneva bilan chorak finalga yo‘l oldi.
Yasmina va Anastasiya musobaqaning ilk bosqichida amerikalik Sofiya Natalya va rossiyalik Ekaterina Shiryaevani 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar