
Xummels “Real”ga qarshi tayyorgarlik paytida jarohat oldi
Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Mats Xummels jamoaning bugangi mashg‘ulotlarida jarohat oldi. Bu haqda Sky Sport News nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Germaniyaning amaldagi chempionlari kelayotgan chorshanba kuni Chempionlar ligasining chorak final dastlabki bahsida “Real”ga qarshi o‘tkazishadi.
Ma’lumot uchun, Xummels joriy mavsum “Bavariya” safida jami 38ta uchrashuvja maydonga tushgan va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar