
Xummels Germaniya terma jamoasida o‘ynamoqchi emas
"Bavariya" himoyachisi Mats Xummels Germaniya terma jamoasi tarkibida joriy yilning 17 iyunidan 2 iyulgacha bo‘lib o‘tadigan "Konfederatsiyalar kubogi - 2017" turnirida ishtirok etish niyati yo‘qligini bildirdi.
- Men o‘zimni 33 yoshli futbolchiday his qila boshladim, - deydi 28 yoshli Mats Xummels. - Men yozda dam oladigan futbolchilar qatorida bo‘lishni juda ham istardim. Lekin terma jamoa murabbiy ruxsat bermasa, turnirda qatnashishga majbur bo‘laman.
Jismonan charchaganini ro‘kach qilayotgan Mats Xummels joriy mavsumda 14 uchrashuvda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar