
Xorvatiya Meksikani mensimayaptimi?
Xorvatiya terma jamoasi murabbiylari shtabi Luka Modrich va yana 5 nafar futbolchiga javob berib yubordi. Bu haqda As nashri xabar bermoqda.
Peruga qarshi o‘yinda 90 daqiqa harakat qilgan Modrich Ispaniya La Ligasining navbbatdagi turida "Las-Palmas"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun "Real" ihtiyoriga qo‘yib yuborildi. Biroq uning jamoadoshi Mateo Kovachich terma jamoa lagerida qoldi.
Bundan tashqari Daniel Subashich («Monako»), Mario Mandjukich («Yuventus»), Ivan Perishich hamda Marselo Brozovich (ikkalasi – «Inter») va Nikola Kalinich («Milan»)lar ham terma jamoa lagerini tark etishdi.
Ma’lumot uchun, Xorvatiya terma jamoasi 27 mart kuni Meksikaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar