
Xitoyliklar "Manchester Yunayted" futbolchilariga "ov" boshladi
Xitoy chempionatida legionerlar limitiga cheklov qo‘yilgani rasman e’lon qilingan bo‘lsa-da, bu mamlakat klublari hamon Evropadan kuchli futbolchilarni olib kelishda davom etmoqda.
Xitoylik millionerlar endi "Manchester Yunayted" "eshigini" qoqa boshladi. Evropalik taniqli mutaxassis Feliks Magat boshqarayotgan "Shandun Lunen" klubi "Manchester Yunayted"ning 31 yoshli futbolchisi Eshli Yangni o‘z tarkibiga chorlamoqda. Jamoa bosh murrabiyi Feliks Magat legionerlar limitidagi cheklov tufayli Eshli Yang keladigan bo‘lsa, jamoadagi xorijlik futbolchilardan birini transferga qo‘yishini ma’lum qildi.
Joze Mourino jamoasi bilan 2018 yilgacha shartnomaga ega bo‘lgan Eshli Yang joriy mavsumda atigi 9 ta o‘yinda ishtirok etdi.
SPORTS.uz
Fikrlar