
Xitoy terma jamoasi etakchisining jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi (FOTO)
Xitoy terma jamoasi etakchisi Vu Ley Osiyo kubogining ilk turida Qirg‘izistonga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda elkasidan jarohat olgan edi.
Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, ushbu jarohat o‘ta jiddiy bo‘lib chiqdi. 27 yoshli futbolchining elkasi rentgen qilingach uning o‘mrov suyaklari chiqib ketgani aniqlandi. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, u guruh bosqichining ikkinchi turida Filippinga qarshi og‘riq qoldiruvchi vositalar yordamida tushgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy terma jamoasi ertaga guruhdagi so‘nggi o‘yinni Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar