Xenderson: “Liverpul” eng yaxshi jamoalarni mag‘lub etadi

  • 24 avgust, 2017, 16:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"  klubi yarim himoyachisi Jordan Xenderson "Xoffenxaym" ustidan qozonilgan (4:2) EChL 4-saralash bahsidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “qizillar” bu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etadi.

Tecno

Stadiondagi atmosfera juda ajoyib edi. biz bir-biridan chiroyli gollar urdik. Ammo gol o‘tkazib ham yubordik. Shunday bo‘lsada, turnirning guruh bosqichiga yo‘l oldik. Bizning musobaqaga qaytganimiz juda yaxshi bo‘ldi. Endi jamoa shunchaki qatnashmoqchi emas, balki eng yaxshi klublarni mag‘lub etish haqida bosh qotirmoqda, – deydi Xenderson.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da mazkur musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!