Xedira faoliyatini yakunlangach Bundesligada ishlamoqchi

  • 14 mart, 2017, 10:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi va ayni damda "Yuventus"da to‘p surayotgan Sami Xedira Bundesligani unuta olmasligini aytib o‘tdi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra u Germaniyaga futbolchi sifatida qaytmoqchi emas.
"Men kelajakda Germaniyaga qaytishim mumkin. Ammo, futbolchi bo‘lib emas, balki boshqa bir vazifada", - deydi Germaniya terma jamoasi a’zosi La Repubblica nashriga.

Tecno


Ma’lumot uchun, Xedira 2006-2010 yillarda Germaniyaning "Shtutgart" klubida to‘p surgan. Shundan so‘ng u 2015 yilgacha "Real"da o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!