
WSB. "Astana Arlans" "Cuba Domadores"ga imkoniyatni boy berdi
Syamin shahrida kechgan bellashuvlarda 5 ta vazn toifasida tomonlar o‘zaro ringga ko‘tarilishdi va unda kubalik bokschilarning qo‘llari baland keldi - 3:2.
-49 kk: Temirtas Jusupov - Damian Arse Duarte. Jusupovni hakamlar bir ovozdan g‘alabasini qayd etishdi;
-56: Ilyas Suleymenov - Osviel David Kaballero Garsiya: Garsiyaning g‘alabasi (bir ovozdan)
-64: Dilmurat Mijitov - Endi Kruz: Kruzning g‘alabasi (bir ovozdan emas)
-75: Abilxan Omonqul - Osleys Iglesias Estrada: Omonqulning g‘alabasi (bir ovozdan)
-91: Nurbol Altaev - Erislandi Savon: Savonning g‘alabasi (bir ovozdan.
Ikki kundan so‘ng esa yana 5 ta jang bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ularda quyidagi charm qo‘lqop ustalari o‘zaro jang olib borishadi.
-52 kg: Saken Bibosynov - Xorxe Grinyan;
-60: Zakir Safiullin - Lazaro Alvares;
-69: Aslanbek Shimbergenov - Roniel Iglesias;
-81: Bek Nurmaganbet - Xulio La Kruz;
+91: Kamshibek Ko‘nkabaev - Xose Larduet.
10 ta jangdan so‘ng ham g‘olib nomini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, 64 kggacha bo‘lgan vazn toifasida Bekdaulet Ibragimov va Xorxe Moiran Vinentlar o‘rtasida qo‘shimcha jang bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar