
Vladimir Kozak: O‘tgan yilgi Namangandagi mag‘lubiyat alamini olishga urinamiz
Pepsi Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" o‘yinidan oldin "Paxtakor" himoyachisi Vladimir Kozak o‘yindan avval bo‘lajak bellashuv xususida fikrlarini aytib o‘tdi. Bu haqda "Paxtakor" matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Avvalgi uchrashuvda oson bo‘lmagan bellashuvda juda issiq havoda g‘alaba qozondik. Bu safar mehmonda juda qiyin o‘yinda maydonga tushamiz. O‘tgan yili Namanganda mag‘lubiyatga uchraganmiz. Endi buning uchun alamimizni olishga urinamiz. Uchrashuvga tayyorgarlik jarayonini doimgidek yaxshi o‘tkazdik.
"Navbahor" joriy mavsum tarkibiga yaxshi saviyadagi futbolchilarni jalb qildi va ancha kuchayishga erishdi. Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatish haqida o‘ylashimiz lozim", - deb aytib o‘tdi Kozak.
Fikrlar