"Vilyarreal" Meksika terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

  • 11 iyul, 2018, 15:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Portu” klubi himoyachisi Migel Layyun faoliyatini “Vilyarreal”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli meksikalik futbolchi “sariq suv osti kemasi” bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. Uning transferi esa ispan klubiga 4 mln evroga tushgan.

Ma’lumot uchun, Layyun o‘tgan mavsumni “Portu”da boshlab, ikkinchi davrasini “Sevilya”da ijara asosida o‘tkazgan. U Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan JCh-2018da Meksika terma jamoasi safida barcha 4ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!