
Vagiz Galiulin Turkiyada Bobur Davlatov to‘p surgan "Aktobe"ga qarshi to‘p suradi
Hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p surayotgan Rossiyaning “Tosno” klubi Turkiyadagi yig‘in davomida Qozog‘istonning “Aktobe” klubiga qarshi to‘p suradi.
Ushbu o‘yin oldidan maydonga asosiy tarkibda tushadigan futbolchilar nomi ma’lum qilindi. E’tiborlisi, ushbu tarkibdan hamyurtimiz ham o‘rin olgan.
O‘yinda to‘p suradigan futbolchilar esa quyidagicha:
“Tosno”: Lukichev, Garbuz, Logashov, Dugalich, Bogaev, Muxametshin, Makarov, Kashchelan, Galiulin, Kutin, Milevskiy.
“Aktobe”: Otarbaev, Aytbaev, Aslan, Dautov, Saulet, Junino, Torres, Shestakov, Kojamberdy, Vitor Junior, Zenkovich.
Qayd etish joiz, o‘tgan mavsumda qozog‘istonliklar safida futbolchimiz Bobur Davlatov to‘p surgandi va o‘zidan ancha yaxshi taassurot qoldirgandi.
Fikrlar