
Usmon Toshev: Ummon terma jamoasi tezkor qarshi hujumga o‘tadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogidagi dastlabki uchrashuvini 9 yanvar kuni Ummonga qarshi o‘tkazishidan xabardorsiz. Endi barcha e’tibor birinchi turga qaratilishi shubhasiz.
Xabaringiz bo‘lsa, ular yaqinda yon qo‘shnimiz Tojikiston terma jamoasi bilan ikkita nazorat uchrashuvini o‘tkazib, har ikkisida ham ummonliklar g‘alaba qozonishdi. Ummonning raqib sifatida Tojikistonni tanlagani ham bejiz emas. Chunki O‘zbekiston va Tojikiston futboli bir-biriga yaqin. Tojikiston terma jamoasini esa hamyurtimiz Usmon Toshev boshqarishga kirishdi va Ummonga qarshi bellashuvlarda aynan Usmon Qudratovich bosh murabbiy sifatida tojiklarni maydonga boshlab tushdi. Bundan foydalangan holda Toshev bilan Ummon terma jamoasi haqida gaplashdik va suhbat davomida terma jamoamiz haqida ham gap bordi.
- Sizningcha, Ummon terma jamoasining kuchli va kuchsiz tomonlari nimada?
- Kuchli tomoni, ular tezkorlik bilan hujumlarga o‘tishadi. Masalan, bizning darvozamizga urilgan gol ham tezkor hujum oqibatida amalga oshirildi. O‘shanda biz burchakdan to‘pni o‘yinga kiritgandik. Ammo ularning darvozaboni to‘pni egallab darhol jamoasining hujumini boshlab berdi va gol urishdi. Biz esa bunga hali tayyor emasdik. O‘yin davomida ham ularning harakatlari tezkor. Xo‘sh, Ummonning zaif tomoni nimada? Menimcha, terma jamoamiz ularga bosim o‘tkazsa esankirab qolishadi. Chunki ular shundoq ham O‘zbekistonning kuchli raqib ekanlinini bilishadi. Shunga mos ravishda biznikilar yanada ko‘proq bosim o‘tkazishsa ular nima qilishini bilmay qolishadi. Albatta, bu shaxsiy fikrlarim. Baribir ummonliklarning O‘zbekiston terma jamoasi oldida ozgina hayajonlari bor. Buning ustiga bu Osiyo Kubogidagi birinchi uchrashuv sanaladi. O‘ylaymanki, vakillarimizda tashabbus va imkoniyat katta.
Usmon Toshev bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matnini quyidagi havolada o‘qishingiz mumkin>>>
Fikrlar