
Unai Emeri: Natija yaxshi bo‘lmadi, ammo jamoa shakllanishi davom etmoqda
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri kecha APLning 2-turi doirasida “Chelsi”dan (3:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu biz uchun yaxshi natija emas, ammo jamoa shakllanishi davom etmoqda. Bu o‘yinda 2:0 hisobidan chiqib ketishni istagandim. Bizda birinchi bo‘limning o‘zida hisobda oldinga chiqib olish uchun imkoniyat bo‘ldi. Biz 2-bo‘limda o‘yin boshqaruvini o‘z qo‘limizga olishni rejalashtirgan edik, lekin, afsuski biz istagandek bo‘lmadi. Biz yanada jipsroq o‘ynashimiz lozim. Biz birgalikda yanada ko‘proq ishlashimiz kerak. Mening birinchi navbatdagi vazifam – jamoa hujumini yaxshilash”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “kanonirlar” o‘tgan tur o‘z maydonlarida “Manchester Siti”ga 2:0 hisobida yutqazib qo‘yishgan edi.
Fikrlar