Umid Ahmadjonov Ektor Kuper va Mirjalol Qosimov haqida

  • 16 oktabr, 2018, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi paytlarda futbolimizda jiddiy islohotlar amalga oshirilayotganidan barchaning xabari bor. Hozirgi kunda qilinayotgan ishlar asosan o‘zbek futbolining mavqeini ko‘tarishga qaratilgan. Shu maqsadda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning bugungi kundagi mahsuli sifatida shuni bemalol aytishimiz mumkinki, O‘zbekistonda futbol strukturasi bir pog‘ona ko‘tarildi. Endi yangi qarashlar, yangicha fikrlashlar ustivor vazifaga aylangan bo‘lib, yaqin orada buning samarasini ko‘ramiz degan umiddamiz.

Tecno

Xabaringiz bor, milliy terma jamoamiz jahondagi top-saviyadagi murabbiylardan biri Ektor Kuperga ishonib topshirildi. Bizni yana bir e’tiborga tortgan jihat esa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan bog‘liq. Yaqinda Mirjalol Qosimov bosh murabbiy etib tayinlangandi. Ammo hozirgi paytda o‘tkazilayotgan olimpiyachilarimizning yig‘inida ushbu murabbiy ishtirok etayotgani yo‘q. Bu borada O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov shunday dedi:

- Sizga rostini aytaman, Mirjalol Qosimovni olimpiya terma jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlanganimiz aslida bu vaqtinchalik holat edi. Chunki Tokio Olimpiadasiga terma jamoamizni boshqa murabbiy tayyorlaydi. Aniqrog‘i, ayni paytda biz ispaniyalik murabbiy bilan muzokara olib boryapmiz va yaqin kunlarda bu haqida keng ommaga e’lon qilishimiz ham mumkin. Mirjalol Qosimov tajribali murabbiy va uni hurmat qilamiz. Ammo uning sog‘ligini ham o‘ylashimiz kerak. Olimpiya terma jamoamiz uchun ko‘plab nomzod futbolchilar ro‘yxati tuzib chiqilgan. Olimpiya terma jamoasiga yangi murabbiy kelguniga qadar nomzodlarni saralab, yangi bosh murabbiyga tavsiyalar beriladi. Umuman olganda, bizning rejalarimiz katta va shu bilan birga juda jiddiy. Shuningdek, olimpiya terma jamoasiga ispaniyalik mutaxassisni olib kelishda Ektor Kuper bilan ham maslahatlashganmiz.

Shu o‘rinda Umid Muhammadjonovich milliy terma jamoamiz ustozi Ektor Kuperning olib borayotgan ishi to‘g‘risida ham o‘z qarashlarini bildirib o‘tdi:

- Biz Kuper bilan boshida hammasini yaxshilab gaplashib olganmiz. Hech kim uning ishiga aralashmaydi. Mana, endi-endi Kuperda futbolimizga oid tushunchalar paydo bo‘lib boryapti. U bilan gaplashgan paytimizda yig‘inga avvalo termada oxirgi marta o‘ynagan o‘yinchilarni jalb qilishdan boshlamoqchi ekanligini aytdi. Bu orqali o‘zidan oldin ishlagan murabbiylarni hurmat qilgan holda o‘sha tarkibdagi futbolchilarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Masalan, Sergeev deymizmi yoki boshqasi, kim qanday o‘ynagan bo‘lishidan qat’iy nazar Kuper ularni yig‘in davomida ko‘rib o‘z xulosasiga ega bo‘ldi. Oktyabrdagi navbatdagi yig‘inda esa tarkibda yana yangi o‘yinchilarni ko‘ryapsizlar. Kuper nima qilayotganini juda yaxshi bilib turibdi. Osiyo Kubogigacha esa yana uch oy vaqtimiz bor. Muhimi, hamma ishni o‘ziga qo‘yib berganmiz. O‘zimiz tomonimizdan bajarilishi kerak bo‘lgan barcha vazifalarni bajardik. Uy-joy, mashina vahokazo...Muhimi, Kuper to‘g‘ri yo‘ldan ketyapti.

Shuhratbek JO‘RAEV suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dmitrij Popow
15/10/2018 12:08
Обыграли любительскую команду уровня нашей второй шестёрки в Суперлиге и рады! И уже слышим: "Правильным путём идём, товаг´ищи!" - и протянутая рука вперёд - чем не вождь? (!)...
Только за ЧЕМ протянутая? - ЗА БАБЛОМ!!! Этим он и отличается от того "вождя народов". А баблы откуда угодно, с клубов или игроков, от штрафов или иных "предприятий", но лишь бы...!