Turnirni nimchorak finaldayoq tark etgan Ispaniya qanday sovrin bilan taqdirlandi?

  • 16 iyul, 2018, 00:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan biroz avval Frantsiya finalda Xorvatiya (4:2) ustidan g‘alaba qozondi va shu tariqa JCh-2018 musobaqasiga rasman yakun yasaldi.

Tecno

Qizig‘i, FIFA Rossiyaga imkoniyatni boy berib turnirni 1/8 finaldayoq tark etgan Ispaniya terma jamoasini ajoyib sovrin bilan taqdirladi. “Qizil furiya” JCh-2018ning “feyr-pley” sovriniga sazovor bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan terma jamoaning har bir futbolchisiga va delegatsiya a’zolari halol o‘yin uchun maxsus diplom va medallar bilan taqdirlanishadi. Bundan tashqari ushbu mamlakat futbol federatsiyasiga esa bolalar futbolini rivojlantirish uchun 50 ming AQSh dollari mukofot beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!