"Tottenxem"ning asosiy futbolchilaridan biri bu yil boshqa maydonga tusha olmaydi

  • 8 noyabr, 2018, 20:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi xavbeki Musa Dembele o‘ng oyoq paylaridan jiddiy jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Xabarda aytilishicha 31 yoshli belgiyalik futbolchi endi kamida 2 oy davolanishi kerak. Aniqrog‘i, u endi 2018 kalendar yilida boshqa maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o‘tish lozimki, “shporlar” safida shuningdek Denni Rouz hamda Yan Vertongenlar ham davolanishni davom ettirishmoqda. Endi ular qatoriga Dembele ham qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!