
"Tottenxem" A Seriya klubidan himoyachi sotib olmoqchi
Londonning "Tottenxem" klubi "Sampdoriya" himoyachisi Yoakim Andersenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Rai Uno nashri xabar tarqatmoqda.
O‘z navbatida genuyaliklar ham ushbu futbolchisini qo‘yib yuborishga tayyor. Faqat buning uchun ular 40 million evro talab qilishmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Andersenga shuningdek Milanning “Inter” klubi ham da’vogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Yoakim Andersen “Sampdoriya” sharafini 2017 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 18ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar