
Toshkentda atletlar bahsga kirishdi
Toshkent shahrida engil atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi va yoshlar o‘rtasida mamlakat chempionati boshlandi.
60 metrga to‘siqlar osha yugurish bahslarida Nikolay Rozanov hamda Elizaveta Shus marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tgan bo‘lsa, 60, 400 va 1500 metrga yugurishda Sunnat Ismoilov, Anvar Sarimsoqov, Shohrux Davlatov, Nigina Sharipova, Elmira Gazizova va Shirin Abdullaeva shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
Uzunlikka sakrashda O‘g‘iloy Abdulazizova birinchi o‘rinni ko‘lga kiritdi. Beshkurash bo‘yicha bahslarda Aleksandra Yurkevskaya g‘alaba qozondi.
Musobaqalar davom etmoqda.
Fikrlar