Toshkent sovrin jamg‘armasi 100 ming AQSh dollari bo‘lgan xalqaro turnirga mezbonlik qiladi
4-7 sentyabr kunlari poytaxtimiz kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan xalvaro turnirga mezbonlik qiladi.
Ushbu musobaqada dunyoning 40 ga yaqin mamlakatidan 100 ga yaqin polvonlarning ishtirok etishi kutilmoqda.
Qayd etish lozim, mutlaq vazn toifasidagi polvonlar o‘rtasida o‘tkaziladigan ushbu musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 100 ming AQSh dollari bo‘lib, oltin medal sohibi 50 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritsa, kumush medalni qo‘lga kiritgan sportchiga 25 ming AQSh dollari beriladi. Shuningdek, yana ikki nafar bronza medali sohibiga 10 ming AQSh dollaridan berilsa, 5-8 o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 4 nafar polvonga 1 250 AQSh dollaridan taqdim etiladi.
O‘zbekiston kurash federatsiyasidan SPORTS.uz ga ma’lum qilishlaricha, ushbu turnirga dunyoning ko‘plab sportchilari tomonidan jiddiy qiziqish bildirilgan. Xususan, ana shunday sportchilar qatorida Olimpiada va Jahon chempioni Ilias Iliadisning ham ishtiroki kutilmoqda.



Fikrlar