Tezkor xabar! Egor Krimets OFK tomonidan yana bir marta jazolandi, bu safar 5,000 AQSh dollariga

  • 20 yanvar, 2019, 22:10
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

BAAda o‘tayotgan Osiyo Kubogi doirasida O‘zbekiston - Yaponiya bahsida terma jamoamiz a’zosi Egor Krimets raqibni ushlab qolgani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirilgandi.

Tecno

OFK tartib-intizom va etika kodeksining 12-moddasi va Osiyo Kubogi-2019 22-tsirkulyar 4.1.2 moddasiga ko‘ra futbolchiga 5,000 AQSh dollari miqdoridagi jarima qo‘llandi. 

Eslatib o‘tish joizki, Osiyo chempionatining 1-turi doirasida O‘zbekiston - Ummon uchrashuvida Krimets raqibga nisbatdan "umid folini" qo‘llagani uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan "siylangandi". Bunga javoban OFK tartib-intizom qo‘mitasi ham futbolchini 7,500 AQSh dollari miqdoridagi jarimaga tortgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Searcher Man
21/01/2019 00:15
ОФК ни дарди факат сокка килиш булиб колибдида:(
telefon sozlash ремонт сотовых телефон
20/01/2019 22:24
Nima qilsin boshqa agar o‘tib ketsa gol bo‘lish xafi ko‘proqda. Boshqa variant yo‘q . O‘zbek fudbolida shunday jon kuyar fodbolchilar borligidan xursandman. Shu terma jamoa opyinchilari senga shu 12500 dollarni yig‘ib berishsin. Shularni xatosini to‘g‘irlayman deb shuncha pulga tushding. Malades lekin.